Noqonuniy mehnat faoliyati uchun 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari nafaqat jarimaga tortilishi, balki Rossiyadan chiqarib yuborilishi ham mumkin. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi eslatma berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan mehnat migrantlari uchun joriy etilgan vaqtinchalik choralar 2021 yil 31 dekabrda tugaydi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning mart oyidan buyon 7 milliondan ortiq xorijlik ruxsat beruvchi hujjatlarni oldi, shulardan 1,5 million nafari Rossiyada o‘z maqomlarini tartibga soldi.
Shu bilan birga, Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2021 yil 31 dekabrga qadar ishlash uchun hujjatlari bo‘lmagan xorijliklarga zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishni qat’iy tavsiya qiladi. Bundan tashqari, ish beruvchilar chet elliklar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishi va bu haqda uch kun muddatda Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarini xabardor qilishi zarur.
Migrantlarni noqonuniy ishga olgan ish beruvchilar har bir fuqaro uchun 800 ming rublgacha jarima to‘laydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi