07:00 / 29.12.2021
1 012

Braziliya prezidenti o‘z qizini koronavirusga qarshi emlatishdan bosh tortdi

Braziliya prezidenti o‘z qizini koronavirusga qarshi emlatishdan bosh tortdi
Foto: Reuters
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o‘zining 11 yoshli qizi koronavirusga qarshi emlanmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Braziliya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Marselo Keyroga bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi 5 yanvardan tasdiqlashni rejalashtirayotgan 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash tartibini muhokama qilmoqda.

«Bu haqda Keyroga bilan gaplashdim. 5-sanadan u bolalarni qanday vaksinatsiyadan o‘tkazish kerakligi bo‘yicha yo‘riqnoma e’lon qiladi. Umid qilamanki, hech qanday sud aralashuvi bo‘lmaydi. Chunki qizim vaksina olmaydi, buni barcha tushunishini istayman», — deydi Bolsonaru.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksinalarni bolalar orasida qo‘llashga nisbatan «yetarlicha shubhalar saqlanib qolmoqda».

Hukumatning koronavirus bo‘yicha konsultativ organi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Braziliyada 5-11 yosh oralig‘ida 301 nafar bola COVID-19 dan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oxirlarida Braziliya hukumatining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi harakatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan mamlakat Senati komissiyasi ko‘pchilik ovoz bilan prezident Jair Bolsonaruga qarshi ayblovlarni yoqlab ovoz bergandi. Bolsonaru va hukumatning boshqa a’zolari kollektiv immunitetga erishish umidida koronavirusning aholi orasida tarqalishiga yo‘l qo‘yganlikda ayblangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti o‘z qizini koronavirusga qarshi emlatishdan bosh tortdi