Amrulla Solih / Foto: AP Photo
Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih Panjsher viloyatida bo‘lib, u yerda to‘plangan Milliy qarshilik kuchlari «Tolibon»ga qarshi kurashish uchun yetarlicha qurol va harbiy texnikaga ega. Bu haqda Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar «RIA Novosti»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Amrulla Solih hozir Panjsher darasida. U, Ahmad Mas’ud (dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li, Milliy qarshilik frontining yetakchisi) va qarshilikning boshqa a’zolari bilan doimiy telefon aloqasidamiz. Ular yordamida Panjsherdagi vaziyatdan xabardorman» — dedi elchi. «Harbiy yordam masalasiga kelsak, shuni aytmoqchimanki, Panjsherda qarshilik ko‘rsatish uchun bizda hali yetarli kuchlar, harbiy texnika va qurollar bor».
Afg‘oniston elchisining so‘zlariga ko‘ra, qarshilik kuchlari «Tojikistondan eng yaqin va yaxshi qo‘shni sifatida ularni siyosiy tomondan demokratiyaga rioya qilish, tinchlik va totuvlik hukmronligi, xalq saylovlari va inklyuziv hukumatni o‘tkazish nuqtai nazaridan qo‘llab-quvvatlashini istaydi».
«Amrulla Solih Dushanbeda edi, lekin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgani haqida aniq ma’lumotga ega emasman. Biz prezident Rahmondan Afg‘onistonga alohida e’tibor qaratgani va xalqimizni u yerda ham, bu yerda ham qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz», — dedi Afg‘oniston elchisi.
Elchining aytishicha, Afg‘onistonda toliblarga qarshi nafaqat Panjsherda, balki Qandahor va Bag‘lon viloyatining Andarab tumanida ham qarshilik ko‘rsatilmoqda.
«‘Tolibon’ mamlakatni egallab, Kobulni bunchalik tez qo‘lga olishini hech kim kutmagandi. Mamlakat yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan va qurollangan 50 mingdan ortiq armiyaga ega edi, AQSH bilan bizni himoya qilishi to‘g‘risida kelishuv bor edi, lekin ular buni bajarmadi. G‘anida ayrim toliblar bilan yashirin kelishuv bo‘lgan, u o‘zini prezident etib saylagan xalqqa xiyonat qilib, qochib ketdi», — dedi elchi Agbar.
Afg‘oniston elchisi Panjsherdan tashqari, Afg‘onistonning 33 viloyati «Tolibon»ga taslim bo‘lganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, «voqealarning bunday rivojlanishini hech kim kutmagan va urushga tayyor emasdi, chunki so‘nggi 20 yilda Panjsher turistik dara hamda dam oladigan joy bo‘lgan».
«U yerdagi qarshilikning ‘Tolibon’ni qaytarish uchun tayyor armiyasi va quroli bo‘lmagan, lekin shunga qaramay, Panjsher jang qilmoqda, taslim bo‘lmayapti. Ikki kundan beri viloyat aholisi ‘Yo‘qolsin toliblar!’ shiori bilan mitinglar o‘tkazmoqda. Aholining norozilik mitinglari faqat Panjsherda emas, Qandahor va Andarabda ham o‘tkazilmoqda. Ishonchim komilki, tez orada butun mamlakat ‘Tolibon’ga qarshi bosh ko‘taradi va bu nafaqat harbiy, siyosiy, balki aholining barcha qatlamlarining umummilliy qarshiligiga aylanadi», — dedi Agbar.
Avgust oyida «Tolibon» hokimiyatni qo‘lga kiritib, Afg‘onistonning o‘sha paytdagi prezidenti Ashraf G‘ani qochib ketganidan so‘ng, vitse-prezident Solih konstitutsiyaga ko‘ra, o‘zini davlat rahbari deb e’lon qildi va «Tolibon»ga qurolli qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. Keyinroq OAVda Solih Panjsher viloyatidagi Milliy qarshilik harakatining yetakchilari bilan birga Tojikistonga jo‘nab ketgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayni paytda qarshilik kuchlari Solih Afg‘onistonni tark etganini inkor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...