“Tolibon” harakati sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga bostirib kirganining 42 yilligi munosabati bilan bayonot berdi.
“Afg‘oniston Islom Amirligi o‘z xalqi nomidan sobiq Sovet Ittifoqining bosqinini qoralaydi va jasur afg‘on xalqining unga qarshi kurashini qadrlaydi”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Afg‘oniston boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi va yangi Afg‘oniston hukumati boshqa mamlakatlarning o‘z mamlakati ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan tashqari, “Tolibon” xalqaro hamjamiyatni “mintaqa va butun dunyoda xavfsizlik va farovonlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida yaxshi va barqaror munosabatlar o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashda ijobiy rol o‘ynashga” chaqirdi.
Ayni paytda, Log‘ar viloyatida sovet bosqinining yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan “Tolibon”ning yuqori martabali vakili Anas Haqqoniyning aytishicha, afg‘onlar o‘tmishdagi harbiy janglarda g‘alaba qozonganlari kabi siyosiy janglarda ham muvaffaqiyat qozonishni o‘rganishlari kerak.
O‘z navbatida, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sher Muhammad Abbos Stanikzay Afg‘onistonda barcha buyuk davlatlar mag‘lubiyatga uchraganini, AQSH ham bundan mustasno emasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, SSSRning Afg‘onistonda bo‘lishi deyarli o‘n yil - 1979 yildan 1989 yilgacha davom etdi. 1988 yil may oyida Sovet Ittifoqi o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishni boshladi. 1989 yil 15 fevralda SSSR 40-armiyasining so‘nggi bo‘linmasi Afg‘onistonni tark etdi.
Afg‘on urushida 15 mingdan ortiq sovet harbiylari halok bo‘ldi. Afg‘oniston Demokratik Respublikasi qo‘shinlari kamida 18 ming kishini, mujohidlar esa 90 ming kishini yo‘qotdi. Bundan tashqari, janglar yuz minglab tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...