1 630
Lavrov: Donbassdagi Rossiya fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi
Foto: TASS
Moskva Kiyevning Donbassdagi har qanday ehtimoliy ig‘vogarliklariga javob qaytaradi va Ukraina sharqidagi o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ana shunday bayonot bilan chiqdi.
«Ukrainadagi nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun sa’y-harakatlarni davom ettiramiz. Kiyevning Donbassga qarshi har qanday ehtimoliy harbiy ig‘vogarliklariga munosib javob qaytariladi», — dedi u.
Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi vaziyat Rossiyani xavotirga solmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev «Ukrainani rejali ravishda Rossiyaga qarshi harbiy platsdarmga aylantirayotgan» AQSH va NATOning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanmoqda.
Lavrovning ta’kidlashicha, Ukrainaga g‘arb mamlakatlari tomonidan qurol berilishi katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefonda muloqot qildi. Amerika prezidenti Rossiya agressiyani davom ettiradigan bo‘lsa, jiddiy sanksiyaga uchrashi va Ukrainaga harbiy yordam kuchaytirilishidan ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”