U o‘z «o‘lja»lariga bu yerlardan biroz uzoqroqda yashashini aytib, ularni o‘zi bilan ketishga ko‘ndirar edi. Ayollar narsalarni yig‘ib, ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgach esa keyinroq qo‘ng‘iroq qilishni va’da qilib, yuklarni mashinaga ortib, g‘oyib bo‘lardi. Ayollar esa uni boshqa ko‘rmas edilar. Bugun «Daryo» 105 ayolga uylanib, ularni chuv tushirgan firibgar Jovanni Vigliotto haqida hikoya qiladi.
Nihoyat Vigliottoning 105-qurboni uni izlab topishga qaror qiladi. U Vigliotto bilan eski-tuskilar bozorida uchrashgan edi. Shuning uchun ayol uni eski-tuskilar sotadigan bozorlardan izlashga qaror qiladi va oxir-oqibat uni ayolning mebellarini sotayotgan vaqtida Florida shtatida topadi. Qo‘ng‘iroqqa javoban yetib kelgan politsiya firibgarni darhol hibsga oladi.
Foto: Google Photos
Janob Vigliotto o‘zining asl ismi Nikolay Peruskov ekanligini va u 1929 yil 3 aprelda Sitsiliyada tug‘ilganligini aytadi. Ammo Marikopa okrugi prokurorining o‘rinbosari janob Devid Stoller Vigliottoning haqiqiy ismi Fred Jipp ekanligini va u 1936 yil 3 aprelda Nyu-York shahrida tug‘ilganligini ta’kidlaydi.
Vigliottoga qarshi sud jarayonlari u 53 yoshga kirganda, 1983 yilning 28 martida, Arizona shtatining Feniks shahrida boshlangan. 11 aprelda u firibgarlikda ayblanib yigirma sakkiz yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan va ko‘pxotinlik uchun 336 ming dollar jarimaga tortilgan.
Sud jarayonlari davrida har kuni sud zali asosan ayollar bilan gavjum bo‘lar, ularning ko‘pchiligi joysiz qolmaslik uchun binoga sud boshlanishidan uch soat oldin kelib olar edilar. Ko‘pchilik 90 daqiqalik tushlik tanaffusi paytida ham sud zalini tark etmasdi. Bu chin ma’noda o‘ta mukammal ishlangan spektaklga o‘xshab ketar edi. «O‘ylaymanki, bu ular ko‘rgan eng yaxshi spektakl», - deydi Marikopa okrugining sud ma’lumotlari bo‘yicha xodimi Rob Raker.
Sud Vigliottoga unga qo‘yilgan firibgarlikka oid ayblovlar bekor qilinishini va buning evaziga u ko‘pxotinlik ayblovini tan olishini taklif qiladi. Shundan so‘ng Vigliotto 105 ta xotinining ismi, manzillari va nikoh sanalari aks etgan jadval tuzgan. Shuningdek, u o‘zi foydalangan 50 ta taxallusni ikkinchi jadvalga tushiradi. Firibgarning xotinlari orasida nafaqat amerikaliklar, balki kanadalik, italiyalik, angliyalik va hatto gongkonglik ayollar ham bo‘lgan. Ular Vigliottoning katta-katta qora ko‘zlari va jingalak sochlari, ovozi va so‘zlaridagi gipnoz qilish xususiyati haqida ta’kidlaydilar.
Foto: Google Photos
Vigliottoning xotinlaridan biri Sharon Klark to‘y marosimdan uch hafta o‘tgach eri uning 49 ming dollar pulini olib qochganligi haqida guvohlik beradi.
Janob Vigliotto dunyo bo‘ylab sayohat qilgani, ko‘plab xotinlari bilan eski-tuski bozorlarida uchrashgani va 1953- va 1954 yillarda markaziy razvedka boshqarmasida shartnoma bo‘yicha agent bo‘lib ishlaganligi, Frederik Jipp, Jon Mendoza va Jon Brikione kabi bir qancha ismlardan foydalanganligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Tanishuv yeri aynan eski-tuskilar bozori bo‘lishining sababi shunda ediki, Vigliottoning o‘zi shunday bozorlarda sotuvchilik qilgan.
Jovanni Vigliotto eng taniqli poligamist sifatida hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi. U o‘ttiz ikki yil ichida 105 marta rasmiy nikohdan o‘tadi. 28 yilga qamalgan firibgar qamoqning sakkizinchi yilida miyasiga qon quyilishi oqibatida Marikopa tibbiyot markazida vafot etadi. Ajablanarlisi shundaki, Vigliotto umrining oxirigacha o‘z xotinlaridan ishqiy nomalar-u maktublar qabul qilgan. Hech vaqosiz qoldirishiga, xonavayron qilishiga qaramay uni chindan yaxshi ko‘rgan xotinlari bo‘lgan.
Dilbar Ismatullayeva tayyorladi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”