Foto: TASS
Rossiya poytaxti Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga kelgan. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib «Interfaks» xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, uch nafar o‘zbekistonlik hamda o‘nlab qirg‘izistonliklar Moskvadagi Tekstilshik tumani hududidagi Grayvoronovskaya ko‘chasida o‘zaro kelishmovchilik sabab janjallashgan. Oqibatda uch kishi pichoq zarbidan yaralangan. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda.
Janjal sabab 10 kishi qo‘lga olingan va ularga nisbatan chet el fuqarosining Rossiyada bo‘lish tartibini buzganlik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bunday ayblov bilan muhojir 5 ming rubl jarimaga tortilishi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Shuningdek, pichoq bilan tanaga og‘ir jarohat yetkazganlar ustidan jinoiy ish ochilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi