Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida Vashington va uning ittifoqchilari Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
«Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar, uning ittifoqchilari va hamkorlari agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirish choralarini davom ettiradigan bo‘lsa, qat’iy javob qaytarishlarini bildirdi», — deyiladi Oq uy vakili Jen Psakining bayonotida.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari vaziyatning diplomatik yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlagan.
30 dekabr kuni Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilgandi.
Jen Psakining so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida Bayden «Rossiya Ukrainaga yana bostirib kiradigan bo‘lsa, AQSH va ittifoqchilari munosib javob berishini tushuntirdi».
Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Bayden o‘zaro muloqotda Putinga sanksiyalar haqida gapirganini tasdiqladi: «Bayden navbatdagi marta sanksiyalar haqida gapirgan. Bu haqda 7 dekabr kungi suhbatda ham aytilgan edi. Bizning prezident esa bu munosabatlar butunlay darz ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qadam ekanini aytdi». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi