Foto: Reuters
Ozarbayjonda uch hamkasbini otib tashlagan Davlat chegara xizmatining harbiy xizmatchisi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi o‘zining Telegram kanalida xabar bergan.
«O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumondor Elxon Avazli 2022 yil 3 yanvar kuni soat 00:30 atrofida Lochin tumani, Malxalaf qishlog‘i hududidan topilib, ushlandi», — deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, jinoyat ishi Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Ozarbayjon Davlat chegara xizmati serjanti 2 yanvar kuni soat 18:00 atrofida «Gubadli» alohida chegara bo‘linmasi hududida o‘z hamkasblariga qarata o‘t ochgan. Uning qilmishi natijasida katta leytenant va ikki nafar kichik serjant halok bo‘lgan. Shundan so‘ng gumondor qurolini tashlab, voqea joyidan qochib ketgan. Harbiy prokuratura jinoiy ish ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi