Foto: AP
Afg‘on-turkman chegarasida "Tolibon" jangarilari va turkmanistonlik chegarachilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Hasht-e subh gazetasi.
"Uch kun avval Turkmaniston chegara xizmati xodimlari bir nafar tinch aholi vakilini o‘ldirgan va bir nafarini kaltaklagan. Voqeani o‘rganish vaqtida "Tolibon" jangarilari turkman chegarachilarining o‘t ochishiga javoban o‘q uzgan", - deya Juzjon viloyati axborot va madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Hilol Balxiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.
Aniqlik kiritilishicha, turkman chegarachilari va toliblar o‘rtasidagi otishma dushanba kuni Juzjon viloyatining Hamab tumanida sodir bo‘lgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
O‘tgan yil dekabrida "Tolibon" jangarilari bilan shunga o‘xshash to‘qnashuvlar Afg‘oniston-Eron va Afg‘oniston-Pokiston chegaralarida yuz bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi