19:44 / 04.01.2022
2 382

Xitoyning «sun’iy quyosh»i haqiqiy Quyoshga nisbatan besh karra ko‘p issiqlik chiqardi

Xitoyning «sun’iy quyosh»i haqiqiy Quyoshga nisbatan besh karra ko‘p issiqlik chiqardi
Foto: «Ferra»
Xitoyning «sun’iy quyosh»i so‘nggi sinovlarda Selsiy bo‘yicha 70 mln. daraja issiqlikda 20 daqiqaga yaqin ishlab berdi, xabar berdi «Ferra».

Selsiy bo‘yicha 70 million daraja — haqiqiy Quyoshdagidan besh barobar yuqori issiqlik.

Qurilma «sun’iy quyosh» deb atalishiga sabab — haqiqiy Quyosh kabi yadroviy sintezni imitatsiya qilishir. Yonilg‘i sifatida vodorod va deyteriydan foydalaniladi.

Xitoylik tadqiqotchilar 70 mln. daraja issiqlikdagi «sun’iy quyosh»ni 1056 soniya yoki 17 daqiqa va 36 soniya davomida ishlatib turishga muvaffaq bo‘lishdi. Qurilmaning tashqi korpusi radiusi 1,7 metrga teng.

Olimlar kelgusida bu qurilma yadroviy sintez kuchidan foydalanish sari yo‘l ochishiga umid qilishmoqda. Maqsad esa juda ulkan: agar buning uddasidan chiqishsa, «cheklanmagan toza energiya» olish tomon dastlabki qadamlar tashlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning «sun’iy quyosh»i haqiqiy Quyoshga nisbatan besh karra ko‘p issiqlik chiqardi