1 628
«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikistondan aviatsiya texnikalarini qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Foto: CA-News
Afg‘onistonning muvaqqat hukumati avvalgi tuzum qulashi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan aviatsiya texnikalarini qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda TOLOnews’ga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Gap «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelgach, afg‘on harbiylari minib qochgan samolyot va vertolyotlar haqida ketmoqda.
«40 dan ortiq havo kemasi qo‘shni mamlakatlarga, xususan, Tojikiston va O‘zbekistonga olib chiqib ketilgan. Ularni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlandi», — deydi «Tolibon» matbuot kotibi o‘rinbosari Imonulla Samanganiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yuqori darajada o‘tkazilmoqda.
«Havo kemalarini amaldagi Afg‘oniston hukumatiga qaytarish bo‘yicha ikkala mamlakat hukumatlari bir necha bor chaqirildi. Albatta, ular taklif bildirdi, ammo hozircha ular (samolyot va vertolyotlar — tahr.) topshirilmadi», — deydi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakili Inoyatullo Xorazmiy.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda avvalgi hukumat davrida 164 dan ortiq vertolyot bo‘lgan, ularning aksariyati AQSHdan olib kelingan. Hisobotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston havo kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun so‘nggi 20 yil ichida 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
Tojikistonning «Boxtar» aeroportidagi Afg‘oniston Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy texnikalar, 2021 yil 1 sentyabr
Foto: CSIS
Avvalroq Afg‘onistonning muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar O‘zbekistondan avvalgi hukumat ag‘darilganidan so‘ng, afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi (keyinroq oxiriga qadar tekshirilmagani ma’lum qilingan) mamlakat havo makonini ichida 585 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot kesib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kuzatuv davomida Embraer-314 va MiG-29 samolyotlari to‘qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan.
Oktabr oxirida Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori (SIGAR) hisobotida toliblar tomonidan ag‘darilgan hukumatning Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy samolyotlarning chorak qismi O‘zbekiston va Tojikistonda ekanligi ma’lum qilingandi. «Tolibon» Afg‘onistonni egallagunga qadar mamlakat harbiy aviatsiyasida 160 ta samolyot bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda