Foto: «TASS»
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natildi. Bu haqda KXSHT saytida ma’lum qilingan.
«KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining 2022 yil 6 yanvarda qabul qilingan qaroriga muvofiq, vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish uchun KXSHTning Kollektiv tinchlikparvar kuchlari cheklangan muddatga Qozog‘iston Respublikasiga yuborildi» — deyiladi tashkilot xabarida.
KXSHT ma’lumotlariga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar tarkibiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Qurolli kuchlari bo‘linmalari kiritilgan.
«KXSHT Kollektiv tinchlikparvar kuchlarining asosiy vazifalari muhim davlat va harbiy ob’ektlarni qo‘riqlash, vaziyatni barqarorlashtirish va mamlakatni huquqiy maydonga qaytarishda Qozog‘iston Respublikasining huquq-tartibot kuchlariga yordam berishdan iborat bo‘ladi», — deya ta’kidlangan KXSHTda.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonga yuborilgan KXSHT tinchlikparvar kuchlari tarkibiga Rossiya Havo-desant kuchlari kiritilgan. Ayni paytda ular havo kuchlarining samolyotlari yordamida respublikaga yo‘l olgan.
Qozog‘istondagi vaziyat 2 yanvar kuni Janao‘zen shahrida (Mang‘istau viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlanganidan so‘ng keskinlashdi. Chiqishlar iqtisodiy va siyosiy talablar bilan butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. 4 va 5 yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi.
Mamlakat bo‘ylab internet uzib qo‘yilgan. Mobil aloqa ham deyarli ishlamayapti. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar paytida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini aytdi. Tengrinews Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, tartibsizliklar chog‘ida 8 nafar politsiyachi va Milliy gvardiya askari halok bo‘lgani, yana 317 kishi jarohatlangan haqida xabar berdi.
Mamlakatda banklarning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda