
«Tolibon» harakati Qozog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealarga rasmiy munosabat bildirib, hukumat va namoyishchilarni muzokaraga chaqirdi.
Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulqahhor Balxiyning Tvitterdagi sahifasida bayonot e’lon qilingan.
«Afg‘oniston Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va yaqin qo‘shni va savdo sherigi sifatida u yerda voqealardan xavotirda», — deyiladi bayonotda.
«Tolibon» shuningdek, hukumat va namoyishchilarni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun muloqot o‘tkazish kerakligini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar