1 460
Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi: «Elboshi Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib turibdi»
Foto: Telegram
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay elboshining Qozog‘iston poytaxtida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda «Tengrinews.kz» xabar qilgan.
«Elboshi Qozog‘iston poytaxti – Nur-Sulton shahrida. Yolg‘on va odamlarni adashtiradigan bo‘hton ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Elboshi bir qator maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazdi va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarga ega bir qator xorij davlatlarining rahbarlari bilan ham telefon orqali suhbatlashdi.
Elboshi barchani hozirgi sinovlardan o‘tish, mamlakat yaxlitligini saqlab qolish uchun Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqiradi», – deb yozgan Ukibay Twitter’da.
Qozog‘istondagi vaziyat 2 yanvar kuni Janao‘zen shahrida (Mang‘istau viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlanganidan so‘ng keskinlashdi. Chiqishlar iqtisodiy va siyosiy talablar bilan butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. 4 va 5 yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi.
Mamlakat bo‘ylab internet uzib qo‘yilgan. Mobil aloqa ham deyarli ishlamayapti. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar paytida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini aytdi. 6 yanvarda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natdi. 7 yanvarda To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi va mamlakat bo‘ylab terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar