date
views 3 648

Qozog‘istondagi voqealarda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

Qozog‘istondagi voqealarda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi
Qozog‘istonda shu kungacha yuz bergan namoyishlar va tartibsizliklar oqibatida jami 164 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Orda.kz ma’lumot berdi.

Ularning ko‘pchiligi, ya’ni 103 nafari Olmaotada qurbon bo‘lgan. Qizilo‘rda viloyatida 21 kishi, Jambulda esa 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 10 yanvarni mamlakatda yuz bergan tartibsizlik, namoyish qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni deb e’lon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi voqealarda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi