Eron Islom Respublikasi «Tolibon»ni tan olmadi

Tehronda Eron Islom Respublikasining tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Afg‘oniston «Tolibon» hukumatining tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
«Tolibon» Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelganidan buyon bu Eronga ilk tashrifdir. Rasmiy Tehron keng siyosiy vakillikdan iborat afg‘on hukumatini shakllantirish talabini qo‘ymoqda. Ushbu talab bajarilmas ekan, Eron qo‘shni mamlakatning yangi hukumatini tan olmaydi.
Uchrashuv davomida eronlik vazir AQSHning Afg‘onistonga nisbatan siyosatini tanqid qilib, Bayden ma’muriyati tatbiq etgan sanksiyalar bekor qilinishi kerakligini tilga olgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Tolibon» Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelganidan buyon bu Eronga ilk tashrifdir. Rasmiy Tehron keng siyosiy vakillikdan iborat afg‘on hukumatini shakllantirish talabini qo‘ymoqda. Ushbu talab bajarilmas ekan, Eron qo‘shni mamlakatning yangi hukumatini tan olmaydi.
Uchrashuv davomida eronlik vazir AQSHning Afg‘onistonga nisbatan siyosatini tanqid qilib, Bayden ma’muriyati tatbiq etgan sanksiyalar bekor qilinishi kerakligini tilga olgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…