1 270
Qozog‘iston elchisi: «Tadbirlar paytida o‘zbekistonliklar ham to‘xtatib tekshirilishi mumkin»
11 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxon Sotiboldi ishtirokida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari, uning oqibatlari va voqealarning OAVda yoritilishi yuzasidan maxsus press-brifing tashkil qilindi.
Tadbir yakunida Kun.uz muxbiri Darxon Sotiboldidan Qozog‘istonda namoyishlarni uyushtirganlar qatorida o‘zbek millatli fuqarolar ham borligi aytilayotgani bo‘yicha izoh so‘radi.
Elchiga ko‘ra, Qozog‘istondagi noqonuniy namoyishlarda ishtirok etganlar orasida chet el fuqarolari ham borligi aytilgan bo‘lsa-da, hali ularning fuqaroligi bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q.
«Ha, bu bo‘yicha aytildiki, namoyishlarga chiqqanlar orasida chet mamlakatlar fuqarolari ham bor. Lekin ularning aynan O‘zbekiston yoki Qozog‘iston fuqarolari ekani haqidagi ma’lumot bizda yo‘q. Hozirgi kunda tekshiruv ishlari olib borilyapti. Hamma o‘rganish tadbirlari tugagach barchasi aniq bo‘ladi.
Hali bu borada ishlar olib borilyapti, barcha tadbirlar tugaganidan keyin hammasi oydinlashadi. Tekshiruv tadbirlari paytida qozoq fuqarolari ham, o‘zbek fuqarolari ham to‘xtatib tekshirilishi mumkin. Noqonuniy aksiyaga aloqasi bo‘lmaganlar qo‘yib yuboriladi», – dedi elchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi