15:30 / 12.01.2022
1 541

Dubay iqtidorli frilanserlarga uch yillik viza berishni boshlaydi

Dubay iqtidorli frilanserlarga uch yillik viza berishni boshlaydi
Foto: Unsplash
Dubay hukumati xorijlik iqtidorli frilanserlar (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar) uchun Talent Pass nomli uch yillik yangi vizani joriy etadi, deb xabar beradi Khaleej Times.

Ta’kidlanishicha, amirlik bu kabi tashabbus orqali iqtisodiyot, OAV, ta’lim, texnologiya, san’at, marketing va konsalting yo‘nalishini rivojlantirish uchun maxsus ko‘nikmalarga ega kreativ kadrlarni jalb qilmoqchi.

Yangi Talent Pass hujjati o‘z egasiga uch yillik yashash va DAFZ hududidan ofis uchun binolarni ijaraga olish hamda hozirda 1800 dan ortiq kompaniya joylashgan ilg‘or ekotizimli frizonadan foydalanish imkonini beradi.

«2021 yil bahorida ishga tushirilgan frizona hududida ijodkorlar yashashi, ishlashi, o‘z asarlarini namoyish etishi, mahsulot sotishi va mahorat darslari o‘tkazishi mumkin bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Strategiyaga ko‘ra, yaqin 5 yil ichida Dubaydagi kreativ kompaniyalar soni 8 mingdan 15 mingga yetishi, amirlikda yashaydigan ijodiy mutaxassislar soni esa 70 mingdan 150 mingga yetishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yanvarida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati qonunga chet elliklarning ba’zi toifalariga ushbu mamlakatda fuqarolik olish imkonini beruvchi tuzatishlarni qabul qilgandi. Unga ko‘ra, fuqarolikka da’vogarlarning arizalari hukumat hamda ijro etuvchi hokimiyatning mahalliy boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Fuqarolik olish us'hun, xususan, investorlar, ixtirochilar, olimlar, shifokorlar, rassomlar va ularning oila a’zolari da’vogarlik qilishi mumkin. Har bitta toifa uchun muayyan talablar belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay iqtidorli frilanserlarga uch yillik viza berishni boshlaydi