“Tolibon” hukumatidagi Mudofaa vaziri Muhammad Yoqub Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari uchuvchilari tomonidan o‘tgan avgust oyida O‘zbekiston va Tojikistonda olib ketilgan harbiy vertolyotlar qaytarilishi kerakligini aytdi. Bu haqda TOLOnews xabar tarqatdi.
Muhammad Yoqub agar vertolyotlar qaytarilmaydigan bo‘lsa, buning “oqibatlari” bo‘lishini ta’kidlagan.
“Tojikiston yoki O‘zbekistondagi aviatexnikamiz qaytarilishi kerak. Biz ularning xorijda qolishiga yoki boshqa davlatlar tomonidan ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, – dedi u.
“Tolibon” Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning avgust oyida Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari uchuvchilari O‘zbekiston va Tojikistonga 40 dan ortiq vertolyotni olib qochgan.
Avvalgi hukumat davrida Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarida 164 ta harbiy samolyot va vertolyotlar bo‘lgan, hozir esa ulardan 81 tasi qolgani aytilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi