
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning ikkinchi o‘g‘li — York gersogi, shahzoda Endryu harbiy unvonlari va qirollik homiyligi huquqlaridan mahrum etildi. Bu haqda Bukingem saroyining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi. Unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ayblovi ilgari surilgan.
«Qirolichaning roziligi va ma’qullashi orqali York gersogining harbiy unvoni va qirollik homiyligi huquqlari qirolichaga qaytarildi», — deyiladi xabarda.
2019 yilning noyabridayoq u shahzoda voyaga yetmagan qizlar orasida fohishalikni tashkillashtirishda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn (2019 yilning avgustida u qamoqxona kamerasida o‘z joniga qasd qilgan) bilan bog‘liq mojarolar sabab ommaviy majburiyatlarini bajarishdan ozod etishlarini so‘ragandi.
Homiylik deganda qirol oilasi a’zosi tomonidan xayriya, harbiy yoki ijtimoiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash tushuniladi. Aksariyat qirollik a’zolari cheklangan miqdordagi tashkilotlarga homiylik qiladi, qirolichaning o‘zi va marhum shahzoda Filipp bundan mustasno — ular mingdan ortiq muassasalar homiyligida. Qoidaga ko‘ra, ular qirol oilasi a’zosining biror-bir masalaga e’tiboridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Masalan, shahzoda Charlzning ikkinchi rafiqasi gersoginiya Kamilla Milliy osteoporoz hamjamiyatiga rahbarlik qiladi, chunki uning onasi va buvisi aynan shu kasallik oqibatida vafot etgan.
Shahzoda Endryu oila saytida 106 ta tashkilotning golf-klublardan tortib shifoxona-yu xususiy maktablarning homiysi yoki faxriy a’zosi sifatida ko‘rsatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar