16:07 / 14.01.2022
1 385

AQSHning Iroqdagi elchixonasi raketa hujumiga uchradi

AQSHning Iroqdagi elchixonasi raketa hujumiga uchradi
foto: gazeta.ru
Bag‘doddagi AQSH elchixonasiga raketa hujumi oqibatida bir iroqlik ayol va ikki bola yaralandi. Bu haqda Middle East Eye nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, uch raketadan ikkitasi elchixona binosi yaqinida joylashgan maktabga kelib tushgan. Yana ikkitasi elchixonada joylashgan havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan.

Qo‘shma Shtatlar hujumlarda Eron bilan aloqador jangarilarni ayblaydi. Hujumlarda samolyot tipidagi uchuvchisiz dronlardan foydalanilgan.

Bir qator qurolli guruhlar 1 yanvardan boshlab harbiy amaliyotlarni davom ettirishi va AQSHning Iroqdagi barcha infratuzilmalariga, jumladan, harbiy inshootlari va diplomatik shtab-kvartiralariga zarba berishini ochiq e’lon qilgandi.

Oldin dronlar yordamida Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga hujum uyushtirilgan edi. Oqibatda al-Kozimiyning o‘n nafar qo‘riqchisi yaralangan. Iroq Tashqi ishlar vazirligi hujumni terakt deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Iroqdagi elchixonasi raketa hujumiga uchradi