18:39 / 16.01.2022
1 609

Tinch okeanida suvosti vulqoni otildi. Tonga qiroli saroydan evakuatsiya qilindi

Tinch okeanida suvosti vulqoni otildi. Tonga qiroli saroydan evakuatsiya qilindi
Foto: Laviniah Tupou
Tinch okeanidagi Polineziya orollari hududida joylashgan Xunga-Tonga-Xunga-Xaapay suvosti vulqoni otildi. Bu haqda Yangi Zelandiyaning RNZ nashri xabar berdi.

Vulqon otilishi sakkiz daqiqacha davom etgan. Vulqon diametri, taxminan, besh kilometr, balandligi 20 kilometr bo‘lgan kul ustunini uloqtirgan, deya ma’lum qildi vulqonga eng yaqin joylashgan davlat Tonganing geologik xizmati RNZ’ga.

Vulqon otilishidan keyin Tonga orollari qirg‘oqlariga balandligi bir metrdan oshiq to‘lqinlar yopirila boshlagan. Arxipelag uchun sunami xavfidan ogohlantirish e’lon qilingan. Tonga poytaxti Nukualofani qisman suv bosgan. Qayd etilishicha, mamlakat qiroli Tupou VI qarorgohidan evakuatsiya qilingan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Tongadan tashqari, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Tinch okeanidagi ba’zi orollarda sunami haqida ogohlantirishlar e’lon qilingan.

Tonga vulqoni otilganidan keyin, shuningdek, Yaponiya sohillariga sunami yopirildi. Mamlakatda 3 metr balandlikkacha sunami xavfi e’lon qilingan.

Mahalliy hokimiyat sunami xavfi tufayli 210 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilishga buyruq berdi. Tinch okeani sohilidagi prefekturalarda yashovchi yaponiyaliklar yashash joyini tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Aomori, Ivate, Miyagi, Sharqiy Tiba, G‘arbiy Koti, Miyazaki va Kagosima prefekturalari aholisini evakuatsiya qilish kutilmoqda. Shuningdek, sunami ta’siriga uchrashi mumkin bo‘lgan hududlarda 27 ta ichki uchish-qo‘nish aviareysi bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tinch okeanida suvosti vulqoni otildi. Tonga qiroli saroydan evakuatsiya qilindi