14:00 / 18.01.2022
1 244

BMT bosh kotibi dunyoni yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi

BMT bosh kotibi dunyoni yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
Foto: EPA
Insoniyat keyingi pandemiyaga tayyorlanishi kerak. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Jahon iqtisodiy forumida aytib o‘tdi.

«Biz har bir mamlakatda monitoring, ertaroq aniqlash va tezkor choralar ko‘rish rejalariga sarmoya kiritish bilan, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ishonchni mustahkamlash orqali keyingi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», — dedi BMT bosh kotibi.

Guterrish, shuningdek, hozirgi pandemiyaga qarshi tenglik asosida «adolatli va xolis» kurash olib borishga chaqirdi.

BMT rahbari kuzda JSST 2021 yil oxirigacha dunyoning barcha mamlakatlari aholisining 40 foizini, 2022 yil o‘rtalarigacha esa 70 foizini emlashga qaratilgan strategiyasini e’lon qilganini eslatdi.

«Biz ushbu maqsadlardan ancha yiroqdamiz», — ta’kidladi Guterrish.

Uning fikricha, farmatsevtika kompaniyalari rivojlanayotgan mamlakatlarga birdamlik ko‘rsatishi, litsenziya va texnologiyalarni ular bilan baham ko‘rishi zarur. Ana shundagina pandemiyaga qarshi kurashish mumkin bo‘ladi, deya xulosa qildi BMT rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT bosh kotibi dunyoni yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi