date
views 1 229

Erdo‘g‘on Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishiga ishonmasligi haqida gapirdi

Erdo‘g‘on Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishiga ishonmasligi haqida gapirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi ssenariy realistik emas deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatgan.

«Men Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi haqidagi ssenariyni real hayotga mos keladi deb hisoblamayman. Ukraina oddiy mamlakat emas, Ukraina kuchli davlat. Bundan tashqari, Rossiya mazkur qadamni tashlashidan avval butun dunyodagi vaziyatni tahlil qilishi va o‘zi turgan holatni yaxshi o‘rganishi zarur», – deydi u.

Erdo‘g‘on mazkur masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishi kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil kuzida Erdo‘g‘on Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi nizoni hal etishda Turkiya vositachilik qilishga hamda ikki mamlakatga bu borada ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, 2022 yilda Turkiya prezidentining Ukrainaga tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishiga ishonmasligi haqida gapirdi