Xorijiy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy chorshanba kuni Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bilan uchrashishi ma’lum qilingan edi. Mazkur muloqot Ibrohim Raisiy 2021 yil avgust oyida hukumat rahbarligiga kelganidan so‘ng Rossiyaga qilingan ilk tashrifi hisoblanadi. Shuningdek u prezident etib saylanganidan keyingi ilk xalqaro tashrifi ham aynan mazkur muloqotdir.
Ushbu uchrashuvda muhokama etiladigan masalalardan biri 2015 yilda AQSH tomonidan Eronga yadro dasturini cheklash bo‘yicha qo‘llanilgan sanksiyalarni yumshatish borasida ekanligi aytilmoqda.
Shuningdek, Raisiy bu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning burilish nuqtasi bo‘lishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalar siyosiy, iqtisodiy, energetika, savdo va kosmik mavzularda bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari Raisiy tashrif mobaynida Rossiyada istiqomat qiluvchi eronlik fuqaro va tadbirkorlar bilan uchrashishi ham rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi