07:30 / 20.01.2022
989

Buyuk Britaniyada niqob taqish va boshqa cheklov choralari bekor qilinadi

Buyuk Britaniyada niqob taqish va boshqa cheklov choralari bekor qilinadi
Foto: Reuters
Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, hukumat koronavirus sharoitida keskin cheklovlarsiz hayot kechirish dasturini tayyorlamoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Angliyada koronavirusning omikron shtammiga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan qator choralar bekor qilinishini aytdi.

Jumladan, hukumat jamoat joylarida niqob taqish va ommaviy tadbirlarda vaksinatsiya pasportini ko‘rsatish talabini bekor qiladi.

Ayrim choralar, masalan, maktab o‘quvchilaridan darslarda niqob taqish talabi ertadan boshlab to‘xtatiladi, boshqa ko‘plab cheklovlar esa kelasi chorshanbadan bekor qilinadi. Bundan tashqari, odamlarga masofadan ishlash tavsiya etilmaydi.

Jonson tez vaqt ichida koronavirus yuqtirganlardan o‘zini izolyatsiya qilish talabi bekor qilinishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat koronavirus sharoitida keskin cheklovlarsiz hayot kechirish dasturini tayyorlamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada niqob taqish va boshqa cheklov choralari bekor qilinadi