Vulqon otilishi paytida chiqadigan gazlar atmosferaga uzoq muddatli ta’sir qiladimi?
Lava, kul va kislota yomg‘iri
Manchester universitetining vulqonshunos olimlari Ana Pardo Kofrades va Ketrin Xeyer Palma orolidagi Kumbre-Vexa otilishi boshlanganidan beri chiqarilgan oltingugurt, karbonat angidrid va boshqa gazlar hajmini o‘lchamoqda.
«Hozir gaz pastki yoriqlardan chiqmoqda», deydi Ana. "Bu oq to‘plamlar asosan suv bug‘idan iborat. Gaz magmadan chiqadi. Demak, magmaning oqishi gazlar ajralib chiqayotganini anglatadi”.
Ammo ular Palma aholisi uchun lava va kuldan kamroq muammodir. Lava oqimlari uch mingta binoni vayron qildi va atrofdagi deyarli hamma narsa kul bilan qoplangan.
“Vulkanlar kulda elektr zaryadi to‘planib qolganligi sababli binolarga, shuningdek, elektr tarmoqlariga zarar yetkazadi, - deydi Ketrin. "Shuningdek, ular kislotali yomg‘irni keltirib chiqaradi. Shuningdek, vulqonning banan plantatsiyalariga zarar yetkazgani jiddiy muammolarni paydo qildi".
Kislota yomg‘irlari kimyoviy jihatdan juda faol modda bo‘lgan, vulqonlar tomonidan chiqarilgan oltingugurt dioksidi tufayli yuzaga keladi. Oltingugurt dioksidi havo sifatini pasaytirishi mumkin. Katta vulqon otilishlardan so‘ng u iqlimni qisqa muddat sovutish ta’siriga ega bo‘lgan zarrachalarni hosil qilishi mumkin.
3000 tonna karbonat angidrid
Xuddi shu vulqondan chiqarilgan karbonat angidrid haqida nima deyish mumkin? Palma otilishida issiqxona effekti qanday bo‘ladi? Tenerife orolida ishlaydigan olim Omayra Garsiya otilish paytida CO2 ning keskin ko‘payishini qayd etgan:
“Karbonat angidrid konsentratsiyasi sezilarli darajada oshdi. Ammo faqat bir joyda va qisqa muddatga”.
Faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida vulqon kuniga 3000 tonna karbonat angidridni chiqargan. Bu juda ko‘pdek tuyulishi mumkin, ammo inson faoliyati natijasida chiqarilgan chiqindilar bilan solishtirganda, bu juda oz.
“Agar biz bu ko‘rsatkichni, masalan, havo transporti chiqindilari bilan solishtiradigan bo‘lsak, - deb qo‘shimcha qiladi Omayra, “bu kuniga 330 ming tonnani tashkil etadi, Palma kabi kichik yoki o‘rta o‘lchamdagi vulqonlar chiqarayotgan zararli gazlar ularning yuzdan bir qismini tashkil qiladi".
Dunyodagi barcha vulqonlar tomonidan chiqarilgan karbonat angidrid odamlar tomonidan ishlab chiqarilgan chiqindilarning 1% dan kamrog‘ini tashkil qiladi.
Ana Pardo Kofrades: «Vulqonlar ancha uzoq zamonlardan buyon mavjud bo‘lgan, - deb eslaydi Ana Pardo Kofrades, - Iqlim o‘zgarishi faqat sanoat inqilobidan keyin boshlangan. Shuning uchun biz iqlim o‘zgarishida vulqonlarni ayblay olmaymiz». Va eng muhimi, deydi Ketrin Xeyer, «vulqonlar to‘xtaydi, lekin biz to‘xtamaymiz. Biz har yili, har oy, har kuni zararli gazlar ishlab chiqaramiz».
Global miqyosda 2021 yil dekabr oyi 1991-2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,3°C issiqroq bo‘lib, u eng issiq oylar bo‘yicha oltinchi o‘rinni egalladi.
2021 yil dekabr oyidagi harorat darajasi 1991-2020 yillardagi o‘rtacha oylik darajasiga nisbatan
Yevropada haroratning keskin o‘zgarishi kuzatilmoqda. G‘arbiy va janubiy Yevropada harorat o‘rtacha oylik darajadan ancha yuqori bo‘ldi. Masalan, Britaniyaning Bale shahrida Yangi yil arafasida rekord darajadagi harorat 16,5 ° C qayd etildi.
Biroq butun Skandinaviya, Boltiqbo‘yi va Shimoliy Rossiyada odatdagidan sovuqroq bo‘ldi. Shvetsiyada dekabr oyida 2012 yildan beri eng sovuq havo kuzatildi.
1970 yildan beri kuzatilayotgan isish tendensiyasiga qay darajada mos kelishini ko‘rib, o‘tgan yil haqida xulosa qilsa bo‘ladi. 2021 yil eng issiq yil yettinchi o‘rinda bo‘lsada, avvalgi yillarga qaraganda sovuqroq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi