Foto: «VisualRian»
Mis «yangi oltin», «yangi neft»ga aylanadi: u past uglerodli iqtisodiyot va telekommunikatsiyalar, elektromobillar, tiklanuvchi energiya tizimlari, uglerodning tutib olinishi va saqlanishi kabi yuqori texnologiyali sohalarda almashmas o‘ringa ega. USM va «Metalloinvest» xoldinglari asoschisi Alisher Usmonov Jahon iqtisodiy forumida taqdim etgan maqolada shunday deyiladi.
Biroq misni qazib oluvchi va ishlov beruvchi global kompaniyalar deyarli so‘nggi kuch bilan ishlayapti. Bozordagi yuqori talab va aksincha, taklifning kamligi narxlarning keskin oshib ketishiga sabab bo‘ldi. 2021 yilning may va oktabr oylarida mis narxlari rekord darajada oshib, tonnasi qariyb 11 000 dollarga yetib to‘xtadi.
Xalqaro energetika agentligi hisob-kitoblariga qaraganda, 2040 yilga borib foydali qazilmalar orasida grafit, mis va nikelga talab eng yuqori bo‘ladi. «Bu yil ekologik toza energetika texnologiyalarida foydalanish uchun misga talab 2020 yildagiga nisbatan 2,7 baravar yuqori bo‘ladi», — dedi Usmonov.
Misning eng yirik iste’molchisi — Xitoy iqtisodiyoti tinmay o‘sib boryapti va hademay AQSHdan o‘zib ketadi. Xitoyning misga ehtiyoji oshib boraveradi.
«Bank of America» chiqindilar chiqarishni «toza nul»ga yetkazish uchun zarur texnologiyalar sohasida misga talabning an’anaviy yillik o‘sishini 3,6 foizga baholadi. Bu texnologiyalar — elektromobillar uchun energetika, mis va akkumulatorlar. Mis boshqa metallarga nisbatan yaxshi elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Shuning uchun ham «yashil energetika» asri misni «yangi oltin»ga aylantiradi, dedi Alisher Usmonov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi