Foto: RT
Strategik ishlanmalar markazi prezidenti maslahatchisi, biologiya fanlari nomzodi Yevgeniy Tonevitskiy «omikron» haqida «RIA Novosti»ga ancha qiziq ma’lumotlarni berdi.
«Birinchi» koronavirusga solishtirilganda — mutatsiyalari soni 50 tadan ko‘p.
Mutatsiyalari ko‘pligi uchun ham virus organizm hujayralariga oson kirib olyapti, yetilish (inkubatsion) davri qisqardi, ko‘payish uchun oldingidek o‘pkalarni emas, yuqori nafas yo‘llarini tanlayapti.
«Hujayralarga kirganidan so‘ng, koronavirus behisob nusxalarini yaratish uchun o‘zining «yig‘ish bo‘yicha qo‘llanmasi»ni «yuklab», bizning hujayralarimiz «infratuzilmasi»dan foydalanadi. Adenovirus hamda RNK (ribonuklein kislota) asosida yaratilgan hozirgi vaksinalar S-oqsilga qarshi antitanalar hosil qiladi. Aynan antitana bu oqsilni to‘xtatadi va virus hujayraga kir olmaydi», — tushuntirdi Tonevitskiy.
«Dominant «omikron» «birinchi» koronavirusga qaraganda 50 tadan ko‘proq mutatsiyalarga ega, bularning 30 dan ortig‘i koronavirusning S-oqsillari, shulardan 10 dan ziyodi bevosita «qurbon-hujayra»ga hujum qiluvchi «yirtqich-fragment»lar.
Mutatsiyalarning ayrimlari virusning hujayraga kirish tezligi va samaradorligini oshirsa, boshqa birlari kasallikdan keyin yoki vaksina ta’sirida hosil bo‘lgan antitanalardan «omikron»ning S-oqsilini yashirishga urinadi. Aftidan, yana bir talay mutatsiyalar hujayraga suqilib kirgan virusning nusxalarini ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari unumdorligini oshirish bilan band», — dedi olim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi