19:53 / 23.01.2022
1 820

To‘qayev: Biz sobiq ittifoqdan qolgan zavodlarni ta’mirlab yurganda O‘zbekiston 2-3 ta yangi zavod qurdi

To‘qayev: Biz sobiq ittifoqdan qolgan zavodlarni ta’mirlab yurganda O‘zbekiston 2-3 ta yangi zavod qurdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 21 yanvar kuni tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida davlat rahbari mamlakat neft-gaz sanoatini tanqid qilgan va shu vaqtga qadar neftni qayta ishlash uchun yangi zavod qurilmaganini ta’kidlab o‘tgan. To‘qayev bu borada O‘zbekistonni o‘rnak sifatida misol qilib keltirdi.

«Biz shu vaqtga qadar neft-kimyo zavodlari qura olmay, sobiq ittifoq davridan qolgan zavodlarni ta’mirlab yurganimizda O‘zbekiston 2-3 ta zavodni yangidan barpo qildi», — deya aytib o‘tdi To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 25 dekabrida Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Zavodda yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

Shuningdek o‘sha kunning o‘zida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini 3 barobarga kengaytirish bo‘yicha loyiha qurilishiga ham start berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev: Biz sobiq ittifoqdan qolgan zavodlarni ta’mirlab yurganda O‘zbekiston 2-3 ta yangi zavod qurdi