
Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimi imperator deb o‘zgartirilishi va mamlakatda boshqaruv shakli sifatida avtokratiya o‘rnatilishi kerak. Bu haqda rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy yalpi majlisda aytib o‘tgan.
«Bu saylangan prezidentlar degani ahmoqona nom. Prezident, aslida nima u? Bizda «shoh» yoki «imperator» bo‘lishi kerak. Biz Amerikada yashaymizmi? Yoki Fransiyadami?» — degan Jirinovskiy Davlat Dumasida gapirar ekan.
Avvalroq Putin allaqachon imperatorlarga qiyoslangan. Masalan, britaniyalik tarixchi Saymon Sebag-Montefiorning ta’kidlashicha, Rossiya prezidentining boshqaruvi ko‘p jihatlari bilan imperatorlar Nikolay I va Aleksandr III ni eslatadi.
Davlat rahbarining sobiq maslahatchisi Vladislav Surkov esa Putinni Rim imperatori Oktavian bilan solishtirgan.
Rossiya FederatsiyasiVladimir JirinovskiyBoshqaruv ShakliAvtokratiya O‘rnatilishiDavlat RahbariSobiq Maslahatchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar