17:45 / 27.01.2022
929

Erdo‘g‘on fuqarolarni davlat banklaridan kredit olishga chaqirdi

Erdo‘g‘on fuqarolarni davlat banklaridan kredit olishga chaqirdi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisini davlat banklaridan kredit olishga chaqirdi, deb xabar beradi NTV telekanali.

Turkiya yetakchisi mazkur bayonotni yangi keng ko‘lamli iqtisodiy siyosat doirasida bildirgan bo‘lib, uning so‘zlariga ko‘ra, bu iqtisodiy inqirozdan jabr ko‘rganlarni chayqovchilikdan himoya qilishi kerak. Erdo‘g‘on foiz stavkalari pasayganiga qaramay, xususiy banklar tomonidan qo‘llanilayotgan stavkalar hamon yuqori ekanini aytgan.

Shuningdek, Turkiya prezidenti foiz stavkalari pasaytirilmasa, kurash davom etishi haqida xususiy banklarni ogohlantirgan. Bundan tashqari, u hukumat o‘tgan oy 36 foizga qadar ko‘tarilgan inflyatsiya yukini yengillashtirish choralarini ko‘rishini va investorlar uchun yangi muqobil qarz emissiyasi chiqarilishini ma’lum qilgan.

«Bizning ustuvor vazifamiz doimo eksport va aholi bandligini oshirish bo‘lib kelgan. Ishonamanki, bu kurashda davlat resurslari va bank kreditlaridan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda foydalanib, muvaffaqiyatga erishamiz. Ushbu model bilan mamlakatimiz yanada kuchli bo‘ladi, iqtisodiyotimiz ehtimoliy spekulyativ aralashuvlardan kamroq ta’sir ko‘radi», — deydi Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy valyutaning qadrsizlanishi banklar va’da qilgan foiz stavkalaridan oshib ketsa, Anqaradagi hukumat lirada omonat qo‘ygan fuqarolarning ko‘rgan zararini qoplaydi.

Turkiyada 2021 yil boshidan buyon lira kursi dollarga nisbatan qariyb ikki barobarga arzonlashgan: kursning eng jiddiy qulashi noyabrda qayd etildi — turk valyutasi bir oyda o‘z qiymatining 40 foizini yo‘qotdi. Liraning tarixiy minimumga qadar tushib ketishi ortidan 23 noyabr kuni yirik shaharlarda yuzlab odamlar ko‘chalarga chiqib, prezidentning iste’fosini talab qildi. Erdo‘g‘on esa fuqarolarni sabrli bo‘lishga va hukumatning yangi iqtisodiy modeliga ishonishga chaqirdi, tovarlar narxining oshishidan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan shaxslarga rahm-shafqat qilmasligini aytdi. Biroq vaziyat kundan kunga yomonlashib, mahsulotlarning narxi va dollar kursi oshib boryapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on fuqarolarni davlat banklaridan kredit olishga chaqirdi