1 000
AQSHning Kiyevdagi elchixonasi amerikaliklarni zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirdi
Foto: «RIA Novosti»
AQSHning Ukrainadagi elchixonasi Amerika fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu boradagi murojaat diplomatik missiya saytida paydo bo‘lgan.
«Rossiya tomonidan harbiy harakatlar xavfi ortib borayotganini hisobga olsak, Ukrainadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat oldindan aytib bo‘lmaydigan holatligicha qolmoqda va kutilmaganda o‘zgarishi mumkin. AQSH elchixonasi Ukrainadagi Amerika fuqarolarini mamlakatni ayni vaqtda, tijoriy yoki shaxsiy transportdan foydalangan holda tark etishga chaqiradi», — deyiladi xabarda.
Bir necha kun oldin AQSH Davlat departamenti Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi xodimlarining bir qismi, shuningdek, barcha xodimlarning oilalari evakuatsiya qilinishini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Davlat departamenti AQSH fuqarolarini Ukrainaga borishdan tiyilishga chaqirgan.
Avvalroq The New York Times gazetasi 2022 yil boshida Rossiya Ukrainadan o‘zining diplomatik xodimlari oilalarining a’zolarini olib chiqib ketganini yozgandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevdagi elchixona va Lvovdagi konsullikdan jami 50 yaqin odam ketgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi gazetaning ushbu maqolasiga nisbatan «Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi shtat rejimida ishlayotganini» bildirgan.
22 yanvar kuni Bild tabloidi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi elchixonasi xodimlarining oilalarini evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlarining to‘plangani haqidagi ma’lumotlar oktabr oyida g‘arb OAVlarida paydo bo‘lishni boshlagan. Noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chegarada 100 ming Rossiya qo‘shini borligini ma’lum qilgan. AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Rossiyaning Ukrainaga «bostirib kirishi» 2022 yil boshida sodir bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Moskva bu ma’lumotlarni rad etib, Ukrainadagi harbiy harakatlarga tayyorgarlik haqidagi xabarlarni «quruq, asossiz keskinlik» deb atamoqda. Qolaversa, Rossiya g‘arb davlatlaridan NATOning sharqqa tomon kengaymasligi, Ukraina esa bu tashkilotga qabul qilinmasligi haqida kafolat talab qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas