22:33 / 27.01.2022
940

Osloda «Tolibon» va G‘arb diplomatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Osloda «Tolibon» va G‘arb diplomatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Foto: EPA
Norvegiya poytaxti Osloda G‘arb diplomatlari va huquq faollarining «Tolibon» vakillari bilan muzokaralari yakuniga yetdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi afg‘on xalqiga gumanitar yordam berish va mamlakatda inson huquqlariga rioya qilish masalasi bo‘ldi, deb yozadi Al Jazeera.

Bu 2021 yilning avgustida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan va shundan beri xalqaro miqyosda qonuniy hukumat deb tan olinishiga intilayotgan «Tolibon» harakatining G‘arb rasmiylari bilan ilk muzokaralari.

«Tolibon» o‘ziga qaratilgan sanksiyalarni olib tashlashni, bank-moliya tizimining inqirozi tufayli mamlakatdagi gumanitar inqirozni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan qariyb 10 milliard dollarlik xalqaro moliyaviy yordamni blokdan chiqarishga erishishni maqsad qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisobotida aytilishicha, afg‘onistonliklarning 55 foizi ochlikdan aziyat chekmoqda

Uchrashuv chog‘ida G‘arb diplomatlari o‘z talablarini sanab o‘tdi va ular bajarilsagina, Afg‘onistonga moliyaviy yordam ko‘rsatilishini bildirdi. Masalan, talablardan biri o‘g‘il bolalar va qizlarning maktabda birdek ta’lim olishi haqida edi.

Hozircha hech bir davlat «Tolibon» hukumatini tan olmagan, Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi bu uchrashuvlar «Tolibon»ni tan olish emasligini ta’kidlagan.

Ayni paytda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere Osloda «Tolibon» harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni zarur ahamiyatga ega deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarni taklif qilish Norvegiya hukumati uchun oson bo‘lmagan. U muzokaralarni Afg‘onistondagi gumanitar inqirozning oldini olish yo‘lidagi «birinchi qadam» deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osloda «Tolibon» va G‘arb diplomatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi