Turkiyaning Denizli viloyati Markazafandi tumanidagi Mustafo Kamol O‘zdemir nomidagi Qur’on kursiga qatnagan Sabohat O‘zkaya 85 yoshida Qur’on o‘qishni o‘rgandi. Kurs ma’muriyati uch oyda Qur’on o‘qishni o‘rganib olgan Sabohat onanini tabrikladi.
“Har kuni to‘rt soat biz bilan birga bo‘ldi. Uyi kursga yaqin, lekin keksaligi va yurishga qiynalgani uchun yarim soatda yetib keladi. Uyida unga Qur’on o‘rgatadigan odam yo‘q, ustiga-ustak, savodi ham yo‘q. Uch oyda o‘zining g‘ayrati va mehnati bilan Qur’oni karimni o‘rgandi. Xolamiz zakiy ayol bo‘lgani uchun o‘rganishi qiyin bo‘lmadi”, – deydi ustoz Yasemin Ug‘ur.
Sabohat onaning besh farzandi va sakkiz nafar nabirasi bor. “Yurak tomirlarimda muammo borligi uchun arang kelaman bu yerga. O‘rganish uchun kecha-kunduz harakat qilib, shu darajaga yetdim”, – deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi