Foto: Orda
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev yil boshidan buyon ikkinchi marta ko‘rinish berdi. U mamlakat hukmron partiyasi «Nur Otan» qurultoyida ishtirok etdi.
«Qadrli partiyadoshlar, hurmatli vatandoshlar, «Nur Otan» partiyasi mamlakatdagi asosiy siyosiy kuch hisoblanadi. Partiya rivojlanishi uchun fuqarolar bilan ishlashi, xalq va hukumat o‘rtasida ko‘prik bo‘lishda davom etishi kerak.
Oxirgi 1,5 yil davomida partiya jiddiy siyosiy o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazdi. Bu jarayonning oxirgi bosqichi sifatida partiya rahbarligini prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshiraman. Bugun mamlakat prezidenti rahbarligida mamlakatda kompleks iqtisodiy-siyosiy islohotlar o‘tkazilmoqda. «Nur Otan» bu islohotlar amalga oshirilishiga faol yordam berishi kerak», dedi Nazarboyev.
Shu tariqa, Nursulton Nazarboyev navbatdagi siyosiy lavozimidan ayrildi. Oldinroq uning Xavfsizlik kengashi va Xalq assambleyasidagi raislik lavozimlarini ham To‘qayev egallagandi. Endilikda Nazarboyevning faqat bir lavozimi qolmoqda. U hamon Qozog‘iston konstitutsion kengashi a’zosi hisoblanadi.
«Nur Otan» hukmron partiyasi siyosiy kengashiga Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyeva hamda sobiq bosh vazir Asqar Mamin ham kiritilmagan. Nazarboyev 1999 yil «Nur Otan» partiyasi yetakchisiga aylangandi. 2021 yil noyabrida u partiya yetakchiligini To‘qayevga topshirmoqchiligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi