Foto: EPA
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Xabar 24» davlat telekanaliga bergan intervyusida o‘zbek va qozoq oligarxlarini solishtirdi. Uning fikricha, o‘zbekistonlik boylar o‘z hisobidan infratuzilma va shifoxonalar qurmoqda, qozog‘istonliklar esa o‘z yurtiga hujum qilmoqda.
«Men O‘zbekistondan tashqarida — chet elda katta pul ishlab topgan o‘zbekistonlik boylarga razm solaman. Ular vataniga qaytib kelib, ‘O‘zbek xalqi uchun nima qilaylik, qanday yordam beraylik?’ deya O‘zbekiston prezidentidan topshiriq so‘rab olmoqda. Va o‘z mablag‘laridan kasalxonalar qurib, infratuzilmani barpo etmoqda. O‘zbek va qozoq oligarxlari o‘rtasidagi katta farq shunda, biznikilar o‘z vataniga shu yerda, qolaversa, xorijda turib hujum qilmoqda», — deydi Qozog‘iston rahbari.
Intervyuda shuningdek, To‘qayev yanvar boshidagi tartibsizliklar paytida Olmaota aeroportining jangarilar tomonidan egallab olinishi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar Olmaota aeroportini boshqa jangarilarning mamlakatga kirishini ta’minlash uchun qo‘lga olgan.
«Jangarilarning Olmaota aeroportini egallashi uyushtirilgan voqea ekanini payqagandirsiz. Hozirda tergov shuni ko‘rsatmoqdaki, aeroport u orqali Markaziy Osiyo shaharlarining biridan gasterbayter niqobi ostidagi kishilarning kelishini ta’minlash maqsadida qo‘lga olingan. Ular aslida o‘qitilgan jangarilar, komandirlar bo‘lgan. Ular chegara postlaridan olib o‘tilib, shaharga kiritilgach, operatsiyaga rahbarlik qilishni boshlagan», — dedi To‘qayev.
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylandi. 4 va 5 yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi.
Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘radi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yubordi. Shuningdek, To‘qayev tartibsizliklar sabablarini o‘rganuvchi, aybdorlarni aniqlovchi va javobgarlikka tortuvchi tergov guruhini tuzishni buyurdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar ishtirokchilari xorijda malaka oshirgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar «qurolli jinoyatchi» o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!