Yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ro‘y bergan ommaviy noroziliklar zo‘ravonlik harakatiga aylanib ketgani ma’lum. Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatning «Xabar 24» kanaliga bergan intervyusida jamoatchilikni qiziqtirayotgan masala – zo‘ravonlik harakatlari kim tomonidan sodir etilgani xususidagi savolga ham javob berdi.
Qayd etilishicha, zo‘ravonlik harakatlari avvaldan rejalashtirilgan holda, hokimiyatni bosib olish maqsadida, xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan jangarilar tomonidan sodir etilgan. Ayni choqda, u aybdorlar borasida batafsil ma’lumot tergov jarayonidan keyin ma’lum qilinishini bildirdi.
«Men tergov natijalarini oldindan bashorat qilmayman, bu xato bo‘lur edi. Ko‘plab jangarilar, jumladan, ularning yetakchilari Olmaotani tark etgan, ayrimlari qishloqlarga, yana ayrimlari chegara osha qo‘shni mamlakatlarga qochgan», – dedi Qozog‘iston rahbari.
Avvalroq Yevropa parlamenti tartibsizliklar bo‘yicha tergov-tekshiruvda xalqaro hamjamiyat ham ishtirok etishi maqsadga muvofiqligini uqtirgan edi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev bu borada xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘ralmasligi, mamlakat tergov-tekshiruvni mustaqil o‘tkazishga qodir ekanini ta’kidlagan.
Ommaviy norozilik zo‘ravonlikka aylanib ketgach, huquq-tartibot idoralari buyrug‘iga bo‘ysunmagan terrorchilar o‘qqa tutilishi haqida ogohlantirilgandi. Mazkur qaror turlicha baholangani ma’lum. Bu borada ham izoh bergan Qozog‘iston prezidenti davlat va fuqarolar xavfsizligi keskin qarorni talab etganini ta’kidlagan.
Suhbat jarayonida Qozog‘istonga KXSHT tinchlikparvar qo‘shini kiritilishi masalasiga ham oydinlik kiritilgan.
Ayrim tahlilchilar KXSHT qo‘shini kiritilishi ortidan Qozog‘iston Rossiya oldida qarzdor bo‘lib qolganini yozdi. Prezident To‘qayevga ko‘ra, tinchlikparvar qo‘shin kiritilishi arafasida Kreml tarafidan «sizdan ugina, bizdan bugina» qabilida biror shart qo‘yilmagan. Qozog‘iston yetakchisi tinchlikparvar kontingent tarkibida Rossiyadan tashqari Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston va Armaniston harbiylari ham borligini eslatib o‘tgan.
«Xabar 24» kanaliga intervyu chog‘i Qozog‘iston rahbari konstitutsiyaga muvofiq ikki muddatdan ortiq prezidentlik lavozimini egallamasligi, bu borada asosiy qonunga o‘zgartirish kiritilmasligini ham alohida qayd etgan.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev suhbat davomida mamlakatda siyosiy-huquqiy islohotlar o‘tkazilishi, xususan, parlament va partiya tizimi takomillashtirilishi bo‘yicha rejalar bilan ham o‘rtoqlashgan.
Qozog‘iston prezidenti joriy yil 28 yanvar kuni «Nur Otan» partiyasining navbatdan tashqari mashvaratida ham partiya va siyosiy tizimni isloh etish zaruratiga urg‘u bergan edi.
«Partiyalarning kelgusidagi faoliyati ularning saylovoldi va’dalarga qanchalik sodiq ekaniga bog‘liqdir. Reallikdan yiroq, qop-qop havoyi va’dalar bilan odamlar qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirish yaramaydi. Oz bo‘lsa ham soz bo‘lgani yaxshi. Hayot haqiqatidan yiroqlashmaslik kerak. Shu bois partiyalar hukumat hamda hokimliklar bilan birgalikda saylovoldi va’dalar ijrosini to‘liq taftish etib chiqishi lozim», – degan Qozog‘iston yetakchisi.
S.Salim
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!