19:35 / 31.01.2022
862

Qirg‘iziston Oliy sudining raisi iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston Oliy sudining raisi iste’foga chiqdi
Foto: Qizg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston Oliy sudining raisi Nurgul Bakirova o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmatiga tayanib, «24.kg» xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31 yanvar kuni Bakirova o‘z xohishi bilan iste’foga chiqishga qaror qilgan. Iste’fo sabablariga aniqlik kiritilmagan.

Bakirovaning o‘zi bu mamlakat yangi konstitutsiyasida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini aytgan.

«Yangi konstitutsiyada Oliy sud raisini saylash tartibi tubdan o‘zgartirildi. Ilgari rais Qirg‘iziston respublikasi Oliy sudi sudyalari tomonidan uch yil muddatga saylangan bo‘lsa, yangi konstitutsiyaga ko‘ra, rais Sudyalar kengashining taklifiga binoan Yuqori kengash deputatlarining roziligi bilan prezident tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi», — deya tushuntirdi Oliy sud raisi.

Nurgul Bakirova 2021 yilning 22 aprelida Oliy sud raisi etib saylangan edi. U bungacha rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy sudning sobiq raisi Gulbar Kaliyevaga nisbatan mart oyida korrupsiya bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Oliy sudining raisi iste’foga chiqdi