date
views 3 882

Turkistonda cho‘pon mingdan ortiq qo‘yi bilan birga halok bo‘ldi (video)

Turkistonda cho‘pon mingdan ortiq qo‘yi bilan birga halok bo‘ldi (video)
Foto: «Mnews»
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yong‘in oqibatida 1000 dan ortiq qo‘y nobud bo‘ldi. Voqea haqida Qozog‘iston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 31 yanvar kuni soat 7:15 da 101 xizmatiga Baydibek tumanidagi Algabas qishlog‘idan 5 kilometr narida, dehqon xo‘jaligi hududidagi chorva uchun mo‘ljallangan ikki qavatli qurilmada yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Binoning birinchi qavatida qo‘ylar, ikkinchi qavatida yem-xashak saqlangan.

Yong‘in oqibatida jami 1150 bosh qo‘y nobud bo‘lib, 150 tonna toylangan pichan yonib ketgan. Qutqaruvchilar halok bo‘lgan cho‘ponning jasadini ham topishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkistonda cho‘pon mingdan ortiq qo‘yi bilan birga halok bo‘ldi (video)