07:00 / 01.02.2022
2 124

Tayvanda mast haydovchilar uchun «noxush» jazo kuchga kirdi

Tayvanda mast haydovchilar uchun «noxush» jazo kuchga kirdi
Foto: «Odditycentral»
Tayvanning Gaosyun shahri hokimligi spirtli ichimliklar ichib mashina boshqaradiganlarni tarbiyalashning yangi usulini qo‘llashga o‘tdi.

Mahalliy «Odditycentral» gazetasi yozishicha, alkogol ichib mashina boshqarayotganda ushlanganlar endilikda o‘likxonalarga ishlashga yuboriladi — toki o‘lim yoqasida bo‘lish nimaligini yaxshiroq his etib, to‘g‘ri yo‘lga tushishlari uchun.

2021 yilning so‘nggi kunlaridan birida yuz bergan noxush voqea gaosyunliklarni qattiq larzaga soldi: navbatdagi YTHda bir odam o‘lib, uch kishi jarohatlandi. Mudhish hodisa aybdori mast haydovchi ekani aniqlangach, shahar hokimligi maxsus chora qo‘llashga qaror qildi.

Mer chiqargan qarorga ko‘ra, bundan buyon ichib mashina haydayotganda ushlanganlar o‘likxonalarga soatbay ishlashga yuboriladi. Aybdorlardan 11 nafari allaqachon «yangi ish»li bo‘lgan: o‘likxonalardagi sovutgichlar va krematoriylarni tozalash bilan band.

Maqsad aslo haydovchilarni jazolash emas, balki birovlarning hayotini hurmat qilish, shu asnoda mashina haydashdan oldin spirtli ichimliklardan tiyilish ko‘nikmasini shakllantirish ekani ta’kidlanmoqda.

Aytishlaricha, atigi 4 soat o‘likxonada ishlagan ayrim haydovchilar tavbasiga tayanib bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda mast haydovchilar uchun «noxush» jazo kuchga kirdi