19:58 / 01.02.2022
990

BMT: «Tolibon» 2021 yilning avgustidan beri sobiq hukumat va kuch tuzilmalarining 100 dan ortiq a’zosini qatl etgan

BMT: «Tolibon» 2021 yilning avgustidan beri sobiq hukumat va kuch tuzilmalarining 100 dan ortiq a’zosini qatl etgan
Foto: AP Photo
2021 yilning avgust o‘rtalarida Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga «Tolibon» kelganidan beri mamlakat hukumatining sobiq a’zolari, xavfsizlik xizmati xodimlari va xorijliklar bilan ishlagan 100 nafardan ortiq fuqaro o‘ldirilgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi, deb xabar beradi Associated Press.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» sobiq hukumat va koalitsiya kuchlariga bog‘liq insonlarga «umumiy amnistiya» e’lon qilganiga qaramay, qurbonlarning kamida «uchdan ikki qismi» toliblar yoki ularga bog‘liq odamlar tomonidan sudsiz qatl etilgan.

Shu bilan birga, Guterrishning BMT Xavfsizlik Kengashidagi hisobotida keltirilishicha, tashkilotning Afg‘onistondagi siyosiy missiyasi ISHIDga bog‘liq kamida 50 kishi sudsiz qatl etilgani to‘g‘risida «ishonchli da’volarni» qo‘lga kiritgan.

Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, BMT missiyasi, shuningdek, sobiq hukumat a’zolari va koalitsiya kuchlari bilan hamkorlik qilgan insonlarning «majburan yo‘qotilishi hamda yashash va jismoniy daxlsizlik kabi boshqa huquqlarining buzilishi» haqida ham ishonchli ma’lumotlarni olgan.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda inson huquqlari himoyachilari va OAV xodimlariga «hujum qilish, qo‘rqitish, ta’qib qilish, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, shafqatsiz munosabatda bo‘lish va o‘ldirish» davom etmoqda.

Fuqarolik jamiyatining sakkiz nafar faoli o‘ldirilgan — uch nafari «Tolibon», uch nafari ISHID ekstemistlari tomonidan. Shunindek, yana 10 nafari toliblar tomonidan hibsga olingan, kaltaklangan va tahdidlarga uchragan. Ikki nafar jurnalist o‘ldirilgan va yana ikki nafariga noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan jarohat yetkazilgan.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, BMT missiyasi vaqtinchalik hibsga olish, kaltaklash va tahdid qilish kabi 44 ta holatni qayd etgan bo‘lib, ularning 42 tasi toliblar ishtirokida sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT: «Tolibon» 2021 yilning avgustidan beri sobiq hukumat va kuch tuzilmalarining 100 dan ortiq a’zosini qatl etgan