Foto: Zuma Press
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng birinchi marta mamlakatdagi rahbarlik lavozimlariga ayollar tayinlanganini e’lon qildi. Tegishli bayonot seshanba kuni kechqurun Twitter'da, harakat tomonidan tuzilgan Afg‘oniston muvaqqat hukumatida axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Zabihulloh Mujohidning sahifasida e’lon qilindi.
«Muvaqqat Vazirlar Mahkamasi rahbarining farmoyishi bilan doktor Malalay Rahim butun mamlakatdagi yagona akusherlik va ginekologiya muassasasi bo‘lgan «Malalay» ixtisoslashtirilgan tug‘uruqxonasiga (Kobul shahridagi) direktor etib tayinlandi. Vazirlik taklifi va muvaqqat hukumatdagi bosh vazirning roziligi bilan doktor Arian Shahror ginekologiya klinikasi direktori etib tayinlandi», deyiladi xabarda.
Ushbu tayinlovlar oldidan harakat a’zolarining qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, ularda, xususan, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtiroki masalasi ko‘tarildi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyatning faol qo‘llab-quvvatlashi tufayli so‘nggi 20 yil ichida Afg‘onistonda tug‘ruq vaqtida o‘lim ko‘rsatkichi 2000 yildagi har 100 ming holatdagi 1 450 ta o‘limdan 2019 yildagi 638 o‘lim holatigacha kamaydi. Shunga qaramay, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar