Foto: Cpl. Brennon Taylor
Vashington Polshaga 2 mingdan ortiq harbiylarini yuborish niyatida. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox «Polsha radiosi» efirida ma’lum qildi.
«Biz amerikalik askarlarga tayanamiz va bu borada muzokaralar o‘tkazilgan. Amerikaliklar 8,5 mingdan ortiq askarini butun Sharqiy Yevropaga jo‘natishini e’lon qildi. Aftidan, bizga 2,5 ming qo‘shimcha askar keladi», — deydi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 5,5 mingga yaqin AQSH harbiylari joylashgan. So‘nggi oylarda Vashington va Bryussel Moskvani Ukrainaga nisbatan «bosqinchilik» harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘zining Sharqiy Yevropadagi ishtirokini kuchaytirishda ayblamoqda.
AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada g‘arb OAVlarining Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risidagi xabarlar fonida Kiyevga yordam berishini ma’lum qilgan. AQSH prezidenti Jo Bayden yaqin kunlarda Sharqiy Yevropaga amerikalik harbiy jo‘natilishini bildirgan.
Rossiya bir necha oydan beri Ukraina chegaralariga qo‘shin to‘plamoqda, bu esa G‘arb davlatlarining Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorlanayotgani haqidagi taxminlariga sabab bo‘lmoqda. Moskva buni qat’iyan rad etib, qo‘shinlarning o‘tkazilishini mashqlar bilan izohlaydi. G‘arb davlatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, unga qarshi sanksiyalar qo‘llashga va’da bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar