Kim Chen In va uning rafiqasi Li Sol Ju
Foto: Reuters
Uzoq vaqtdan beri omma oldiga chiqmagan, jurnalistlar nigohidan yo‘qolib qolgan Li Sol Ju, ya’ni KXDR rahbari Kim Chen Inning rafiqasi yana omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.
Agentlikning qayd etishicha, siyosatchining turmush o‘rtog‘i besh oylik tanaffusdan keyin ilk bor omma oldiga chiqqan. U Kim Chen In bilan birgalikda Pxenyandagi Mansude badiiy teatriga borgan va u yerda Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayram tadbirida qatnashgan.
Juftlikka KXDR asoschisi Kim Ir Senning qizi, Kim Chen Inning ammasi Kim Gyon Xi hamrohlik qilgan, ushbu keksa ayol ham eri Chan Son Txek 2013 yilda korrupsiyada ayblanib, qatl qilinganidan keyin omma oldida kam ko‘rinish bermoqda. Ikkala ayol ham an’anaviy koreys libosi — xanbok kiyib,davlat rahbariga qo‘shni o‘rindiqlarda o‘tirgan.
Bunga qadar Li Sol Ju 2021 yil sentyabrda ko‘rinish bergan va o‘shanda KXDR tashkil topgan kun munosabati bilan Kim Ir Sen va Kim Chen Ir maqbaralarini eri bilan birgalikda ziyorat qilgandi.
Reuters Li Sol Juning Kim Chen Inga boshqa turli tadbirlar, harbiy bayramlarda va xizmat safarlarida hamrohlik qilganini qayd etgan. Ikki yil avval u omma oldiga chiqmay qo‘ygan va 2021 yil fevralida yana barchaning diqqatini jalb etgandi. Jurnalistlar KXDR birinchi xonimining bu qadar katta tanaffus qilishiga uning homiladorligi sabab bo‘lganini taxmin qilgan.
Kim Gyon Xi esa 2020 yil yanvarida beri ilk bor omma oldiga chiqdi. Ayol Kim Chen In boshqaruvining dastlabki yillarida mamlakatdagi asosiy figuralardan biri bo‘lgan, biroq eri qatl qilinganidan keyin olti yil davomida panada bo‘lgan. Janubiy Koreya razvedka xizmati 2017 yilda Kim Gyon Xi Pxenyandan tashqarida davolanayotganini xabar qilgan, biroq uning qanday kasallikka chalingani haqida rasmiy axborotlar mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar