12:49 / 04.02.2022
1 179

Bayden ISHID rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

Bayden ISHID rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
AQSH harbiylari Suriyada ISHID rahbari Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiyni yo‘q qildi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z bayonotida ma’lum qildi.

«Kecha tunda mening buyrug‘im bilan AQSH harbiylari Suriya shimoli-g‘arbida Amerika xalqi va ittifoqchilarimizni himoya qilish hamda dunyoni xavfsizroq joyga aylantirish maqsadida aksilterror operatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi», — deyiladi davlat rahbari bayonotida.

Prezident shuningdek, barcha amerikalik harbiylar operatsiyadan qaytganini qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari, Bayden o‘zining Twitterdagi sahifasida o‘zi, vitse-prezident Kamala Xarris va prezidentning milliy xavfsizlik guruhi a’zolari aks etgan suratni joylashtirgan. Suratga yozilgan izohda aytilishicha, ular al-Qurayshni yo‘q qilish operatsiyasini kuzatib turishgan.

ISHID rahbari joylashgan uch qavatli uy jiddiy shikastlangan. Bunga katta ehtimol bilan ISHID boshlig‘i o‘zini portlatib yuborishi sabab bo‘lganini ta’kidlangan. Nashrning yozishicha, operatsiyada yigirmaga yaqin maxsus kuchlar, harbiy vertolyotlar, dronlar ishtirok etgan.

Al-Qurayshiy 2019 yil oktabr oyida Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limini tasdiqlaganidan so‘ng ISHID rahbari etib saylangan edi. Pentagon maxsus operatsiya al-Bag‘dodiyning boshpanasi joylashgan Idlib viloyatida o‘tkazilganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden ISHID rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi