23:36 / 04.02.2022
1 351

Xitoy Olimpiada o‘yinlari uchun rasman aytilganidan 10 baravar ko‘p pul sarfladi

Xitoy Olimpiada o‘yinlari uchun rasman aytilganidan 10 baravar ko‘p pul sarfladi
Foto: VCG via Getty Images
Xitoy hukumati Olimpiada budjeti 3,9 milliard dollarni tashkil etganini bildirgan, bundan 880 million dollarini XOQ qoplaydi.
Business Insider nashri haqiqiy raqamlar bundan o‘n baravar ko‘pligini ta’kidlamoqda. Musobaqalar arafasida tezyurar temiryo‘l ochilgan.

Fuxing poyezdi soatiga 350 km tezlikda harakatlanadi va 5G tarmog‘iga ega. U sportchilarni Olimpiya qishlog‘idan musobaqalarga uch soat o‘rniga 50 daqiqada yetkazadi. Bu loyiha 9,2 mlrd dollarga tushgan.

Olimpiyachilar qishlog‘i qurilishi uchun yana 3,16 mlrd dollar sarflangan. Bundan tashqari, Osiyodagi eng katta konki uchish stadioni qurilishi uchun 175 million dollar ketgan.

Bobsley, skeleton, tog‘ chang‘isi maydonlari uchun 442,9 million dollar, qishki o‘yinlar uchun maxsus qurilgan Pekindagi metro liniyasi uchun 773,5 million dollar sarflangan.

Olimpiada bilan bog‘liq yana 50 loyiha qurilishi uchun 5,18 mlrd dollar xarajat qilingan. Chjanszyakou shahri aeroportiga olib boradigan yangi shosselar qurilishi uchun 15 mlrd dollar ketgan.

Tarixdagi eng qimmat qishki Olimpiada esa 2014 yilda Sochida o‘tkazilgan o‘yinlar hisoblanadi. Rossiya Sochi Olimpiadasiga 59,1 mlrd dollar sarflagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Olimpiada o‘yinlari uchun rasman aytilganidan 10 baravar ko‘p pul sarfladi