Foto: AP Photo
Kansler Olaf Shols Germaniya Ukrainaga halokatli qurollarni yetkazib berish niyatida emasligini aytdi. Bu haqda u AQSHga uchib ketishidan oldin ARD telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb yozadi «TASS».
«Germaniya hukumati anchadan buyon aniq yo‘nalishga ega: inqirozli hududlarga va Ukrainaga halokatli qurollarni yetkazib bermaymiz. Bu kabi siyosatga mendan oldingi kansler ham (Angela Merkel) sodiq edi va bu to‘g‘ri hamda shunday qoladi», — deydi Shols.
Shuningdek, u nemis xalqi manfaatlariga mos keladigan ishni qilish va mazkur holatda mamlakat fuqarolarining nuqtai nazarini ifodalashi o‘zining burchi ekanini qayd etgan.
Kansler Boltiq bo‘yi mamlakatlarida Germaniya harbiylarining kuchaytirilishi mumkinmi degan savolga javob bermagan. U 10 fevral kuni Berlinda Litva prezidenti Gitanas Nauseda, Estoniya va Latviya bosh vazirlari Kaya Kallas va Karinsh Krishyanis bilan uchrashishini eslatib o‘tgan. «Men uchun biz do‘stlar sifatida birgalikda bo‘lishimiz va harakatlarimizni muvofiqlashtirishimiz hamda buni ommaviy axborot vositalari orqali qilmaganimiz juda muhim», — deydi Shols.
Hukumat rahbarining hisoblashicha, hozirda chinakam «inqirozli davr» boshlangan. «Mening Yevropada urushga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fuqarolar oldida majburiyatim bor», — deya ta’kidlagan u.
Nashrning yozishicha, Berlin Kiyevga qurol yetkazib berishga qarshi. Shu bilan birga, mamlakat Yevropa Ittifoqidagi sheriklari, ayniqsa, Polsha va Boltiq bo‘yi mamlakatlari, shuningdek, AQSH tomonidan bosimga uchramoqda. Ukrainaning ayrim vakillari Germaniyani hatto «do‘stlarini sotishda» ayblagan. 4 fevral kuni Süddeutsche Zeitung Ukrainaning Berlindagi elchixonasi Germaniya TIVga Kiyev olishni istayotgan qurollar ro‘yxati keltirilgan nota yuborganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi