Foto: Department of State.
AQSH Davlat departamenti Afg‘oniston va Pokistondagi «Xuroson viloyati» (ISHID bo‘limi) yetakchisi Shahab al-Muhojirning qo‘lga olinishi yoki joylashgan joyini aniqlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qildi. Bu haqda Afg‘oniston xalqaro telekanali ma’lum qilgan.
2020 yil iyun oyida al-Muhojir «Xuroson viloyati» rahbari bo‘ldi, «ISHID Afg‘onistonda sodir etilgan barcha hujumlar uchun javobgardir».
Davlat departamentining da’vo qilishicha, al-Muhojir Afg‘onistonda partizan operatsiyalarini tashkil qilish, murakkab xudkushlik hujumlarini rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan.
Shunday hujumlardan biri 2021 yilning 26 avgustida, AQSH qo‘shinlari Kobul aeroportidan olib chiqilishining so‘nggi kunlarida, ISHIDning xudkush-terrorchisi olomonni portlatib yuborganida sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 173 kishi, jumladan 13 nafar amerikalik askar halok bo‘lgan.
Davlat departamenti, shuningdek, hujum uchun javobgarlarni hibsga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi